Sendan so’ng hayotda qovrilib qaynab
Ona xotirjam bo’l yuribman o’ynab
Hali ham akamni opamni qiynab
Boshida shamoli bordir bolangni
Tushundim nelardan beziblar ketding
Yarim yuragimni eziblar ketding
Osmonim – bolam deb seziblar ketding
Ko’klarda kamoni bordir bolangni
Ona xotirjam bo’l…
Mendan uzoq ket qayg’u
Yaqinlashma endi g’am
Yengilsam hasratlarga
Bezovta bo’lar onam
Anduhlarga ko’milib
Ko’zyoshimga cho’milib
Qolsam tutday to’kilib
Bezovta bo’lar onam
Qolsam tutday to’kilib
Bezovta bo’lar onam
Hatto ruhi parvona
Oromi yo’q giryona
Yig’lasam tushimga kirib
Bezovta bo’lar onam
Ey dard aylama bemor
Tunlarim etib bedor
Yuragim topsa ozor
Bezovta bo’lar onam
Ko’nglimda yonsa chiroq
Bosgan yo’lim bo’lsa oq
Yursam bundan yaxshiroq
Ruhi tinch bo’lar onam
Hatto ruhi parvona
Oromi yo’q giryona
Yig’lasam tushimga kirib
Bezovta bo’lar onam
Bo’lsa rangim zafaron
Judolikdan bag’rim qon
Ruhi tegramda giryon
Bezovta bo’lar onam
Hatto ruhi parvona
Oromi yo’q giryona
Yig’lasam tushimga kirib
Bezovta bo’lar onam
Yig’lasam tushimga kirib
Bezovta bo’lar onam