Bugun dilim og'ritdilar
Yuragimni yedilar ona
Og'ir og'ir yomon og'ir
Nima desa dedilar ona
Charchadim adolatsiz dunyolardan
Charchadim savobi yo'q riyolardan
Dunyosining bag'rin uyib
Onajon sizni topsaydim
Tizzangizga boshim qo'yib
To'yib to'yib yig'lasaydim
Bu shaharda bor ko'ngli yarim
Alamlari ko'p dardli dardli
Nomardlardan ko'ygan bechora
Yuzi kular ko'zlari g'amli
Bu shaharda bor ko'ngli yarim
Alamlari ko'p dardli dardli
Bir jonidan to'ygan bechora
Yuzi kular ko'zlari g'amli
Ortimdan do'stlarim urdilar pichoq
Qo'lin uzatgan yo'q har yerda tuzoq
Bilgani kuchim yo'q aytar hech so'zim
Ketsaydim ona bu dunyodan uzoq
Kuchim yo'q bitmas ekan bu yaralar
Kuchim yo'q har yo'limda ming fitnalar
Dunyosining bag'rin uyib
Onajon sizni topsaydim
Tizzangizga boshim qo'yib
To'yib to'yib yig'lasaydim
Bu shaharda bor ko'ngli yarim
Alamlari ko'p dardli dardli
Nomardlardan ko'ygan bechora
Yuzi kular ko'zlari g'amli
Bu shaharda bor ko'ngli yarim
Alamlari ko'p dardli dardli
Bir jonidan to'ygan bechora
Yuzi kular ko'zlari namli
Bu shaharda bor ko'ngli yarim
Alamlari ko'p dardli dardli
Nomardlardan ko'ygan bechora
Yuzi kular ko'zlari g'amli
Bu shaharda bor ko'ngli yarim
Alamlari ko'p dardli dardli
Bir jonidan to'ygan bechora
Yuzi kular ko'zlari namli